Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kichkina demang bizni...
29.08.2020 21:00,  
1471

Yigirmadan ortiq arab davlati tarqoqligi, bir-birini qo‘llab-quvvatlamasligi, korrupsiya botqog‘iga botganligini hamma bilsa kerak. Mana 53 yildirki, ular kichikinagina, ammo o‘ta qudratli davlat sanalgan Isroilga teng kelolmadi.

1967 yildagi arab-Isroil urushi yetti kunda arablarning qaqshatqich yengilishi bilan tugab, Suriyaning Golan tepaliklari yahudiylar qo‘liga o‘tgandi. O‘tgan davr ichida ko‘plab falastinliklar uylarini yahudiylarga sotib yuborishgan. Shu tariqa, Isroil ana shu hududlarniyam o‘z chegaralari ichiga olyapti.

Dushman davlatlar qurshovidan omon chiqqan yurtda mudofaaga jiddiy ahamiyat beriladi. 18 yoshga to‘lgan yigit va qizlar armiyada harbiy xizmat o‘tashga majburdirlar.
 
1949 yilda BMT qarori bilan Isroil davlati tashkil qilinganida Falastin avtonomiyasi undan ajralib chiqishi ko‘zda tutilgan. Ammo, ikki millat orasidagi kelishmovchiliklar yechilmagan. Isroil askarlarining zo‘ravonliklariga javoban, falastinliklar terror harakatlari uyushtirib turishadi. Terrorchilar sizib kirishining oldini olish maqsadida chegara bo‘ylab baland devor qurilgan.

Amerikaning hozirgi prezidenti Donald Tramp ham qo‘shni Meksikadan uyushgan jinoyatchilik, narkotik moddalar va illegal ishchilar kirib kelishiga to‘siq o‘laroq va xavfsizlikni ta’minlash uchun butun chegara bo‘ylab inshoati davom etayotgan devorni qurib tugatishga va’da bergan.

Musulmonlarning muqaddas masjidlaridan Al-Aqso Isroil hududida qolib ketgani yetmagandek, Quddusni Isroil boshkent deb e’lon qilishi ziddiyatlar yanada kuchayishiga olib keldi.

Isroilda aholi turmushi farovonligi juda yuksaklarda. 8,6 million kishi yashaydigan davlatning 2018 yildagi yalpi ichki mahsuloti 370 milliard dollarni tashkil qilgan va jon boshiga 43 ming dollarga to‘g‘ri keladi. Taqqoslash uchun: aholisi 33 mln bo‘lgan O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 50,5 mlrd dollar (YaIM jon boshiga 1530$)dir.

Suv taqchil bo‘lgan mintaqada tomchilab sug‘orish va ilg‘or texnologiyalar joriy qilinishi samarasi o‘laroq, Isroil nafaqat o‘z aholisini sabzavot-meva bilan ta’minlaydi, balki chet elga eksport ham qiladi. Bir paytlar suv mo‘l bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari esa Orol dengizini quritishga erishishgani yetmagandek, haligacha Isroil tajribasini joriy qilisholmayapti.

Arablarning yahudiy davlatini yakkalash uchun kiritgan sanksiyalari ham ishga yaramagani aniq bo‘lyapti. 1979 yili Misr, 1994 yili Iordaniya, yaqindagina esa Birlashgan Arab Amirliklari Isroil bilan to‘liq diplomatik va iqtisodiy aloqalarni tikladi.

Isroil atom quroliga ega, lekin ko‘plab yahudiy milliarder va olimlar yashaydigan Amerikaning kuchli dastagi soyasida hech kim quroldan voz kechish talabini qo‘ymaydi.

KIChKINA DEMANG BIZNI...

Shu bilan birga, demokratik davlat hisoblanishiga qaramay, Isroil siyosatida millatchilikka alohida urg‘u beriladi. Faqat yahudiylar va ularning boshqa millatlarga tegishli oila-a’zolarigina bu yerga ko‘chib kelishiga yo‘l qo‘yiladi. O‘lkada yashayotgan yahudiy bo‘lmaganlar fuqarolik olishi ancha qiyin.

Yahudiylar butun dunyo bo‘ylab o‘z millatdoshlarini har tomonlama qo‘llaydilar. Ko‘chada uysiz yoki och qolgan yahudiyni uchratish amri mahol. Dunyodagi ilm, iqtisod yoki ko‘ngilochar soha bo‘ladimi -- baribir, hammasida ko‘zga ko‘ringan yahudiylar mehnat qiladilar.

Qisqa qilib aytganda, millat jips bo‘lib, hech kim ona-yurt taqdiriga befarq bo‘lmagan davlatlar gullab-yashnar ekan. O‘zbeklar ham o‘rnak olsa arziydigan jihat!

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан