Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kitobda qor, G‘uzorda bahor: Qashqadaryoda ikki xil fasl kuzatilmoqda
5.01.2022 21:23,  
158

Qashqadaryo viloyatining ayrim tumanlarida ikki xil ob-havo kuzatilmoqda, deb xabar bermoqda «Daryo» muxbiri. Qayd etilishicha, viloyatning Kitob tumanidagi qishloqni qalin qor qoplagan bo‘lsa, G‘uzor tumanidagi qishloqda esa bodom qiyg‘os gullagan.

Kitob tumani hokimligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tumanning Aspiduxtar qishlog‘ida Yangi yil kuni — 2021 yilning 31 dekabrida yog‘gan qor haligacha erimagan.

«Tuman markazidan 60 kilometr uzoqlikdagi Aspiduxtar qishlog‘ida qorning qalinligi 80 santimetrga yetgan. Shuningdek, tumanning Denovbola va Shut qishloqlarida ham qor yog‘gan», — deydi tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Qahramon Oqilov.

«Daryo» muxbirining qo‘shimcha qilishicha, ayni kunda viloyatning G‘uzor tumanidagi Afg‘onbog‘ qishlog‘ida esa bodom qiyg‘os gullagan.

Shahrisabz tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Bahodir Halimovning bildirishicha, tumanning Ko‘l, G‘elon qishloqlarida ham qalin qor yog‘gan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан