Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kogon tumanida garovda turgan mulklarni sotib yuborgan MChJ rahbari va sobiq bank xodimi aniqlandi
16.02.2022 15:28,  
80

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan ATB “Mikrokreditbank”ning Kogon bank xizmatlari markazining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, markazning sobiq mutaxassisi M.K. yaqin qarindoshi M. bilan o‘zaro til biriktirib, “M.M.” MChJga berilgan kredit evaziga garovga qo‘yilgan 789,4 mln so‘mlik mulklarni soxta hujjatlar tayyorlash orqali taqiqdan yechishga erishib, sotib yuborganligi, shuningdek, bank xodimlari MChJga ajratilgan kredit mablag‘ini qaytarish choralarini ko‘rmaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан