Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ko‘p qavatli uylar qurilishi bo‘yicha 47 ta mansabdor shaxsga nisbatan chora ko‘riladi
9.12.2021 18:26,  
191

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Qurilish vazirligi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Joriy yilda mamlakatimizda Ipoteka dasturi asosida 207 ta massivda 1 ming 75 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi olib borilmoqda. Jami xonadonlar soni – 45,5 mingni tashkil etmoqda.

Mazkur uylarning qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan Qurilish sohasida nazorat inspeksiyalari tomonidan nazorat o‘rnatilgan. Qurilishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha jami 2 ming 880 ta yozma ko‘rsatmalar berilgan. Uylar qurilishida 52 ta holat bo‘yicha jami 2 milliard 783 million so‘mlik sifatsiz bajarilgan ishlar hajmi chegirib qolindi.

Shuningdek, 47 ta mansabdor shaxsga nisbatan chora ko‘rish uchun hujjatlar tayyorlanib, sudlarga yuborildi. Qolaversa, qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilgan 12 ta ob’yektda ishlar vaqtincha to‘xtatildi. Ob’yektlarda sifatsiz material va buyumlardan foydalanilganlik uchun tegishli tashkilotlarga 26 ta taqdimnoma kiritildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан