Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus: kecha yurtimizda 230 nafardan ziyod kishida kasallik aniqlanib, yana 2 nafar bemor vafot etdi
28.11.2021 10:24,  
60

2021 yil 27 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 192831 (+232) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 13 nafari Andijon viloyatida,
  • 9 nafari Buxoro viloyatida,
  • 10 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 7 nafari Namangan viloyatida,
  • 17 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 13 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 16 nafari Xorazm viloyatida,
  • 68 nafari Toshkent viloyatida,
  • 72 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

️Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1397 nafarni tashkil qildi.

Shu kunlarda butun dunyoda koronavirus infeksiyasi qayta bosh ko‘tardi. Ayniqsa, Yevropa mamlakatlarida vaziyat anchagina tahlikali.

" - Yurtimizda esa so‘nggi vaqtlarda epidemik vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarayotgan bo‘lsada, bu holat hotirjamlikka berilish uchun sira asos bo‘la olmaydi. Aksincha, dunyodagi murakkab pandemik holatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda har birimiz karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishimiz, kasallikka qarshi to‘liq emlanishimiz zarur. Unutmang, vaksina – yagona chora!", - deyladi SSV xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан