Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus vasvasasi: Koreyaning Incheon aeroportidan fotoreportaj
2.03.2020 10:20,  
1000

Taniqli fotograf va san’atshunos Husniddin Ato Sof.uz uchun Janubiy Koreyaning Inchon aeroportidan maxsus fotoreportaj tayyorladi. Ungacha fotograf Turkiya, Eron va Yaponiyada bo‘lgan edi.

Fotograf asosiy e’tiborni koronavirus tarqalishi xavfi tufayli yuzaga kelgan vaziyatga qaratgan.

“Yaponiyaga kirayotganda mendan so‘ralgan asosiy savol: "So‘nggi ikki haftada Xitoyda bo‘ldingizmi?";

Yaponiyadan Koreyaga uchishda "Siz Yaponiyadagi karantinga olingan kemaga chiqqanmisiz?";

Inchon aeroporti tranzit zonasidan Toshkentga uchishda esa "Siz Yaponiyadagi karantinga olingan kemada bo‘ldingizmi, o‘zingizni yaxshi his qilyapsizmi?" degan savollar so‘raldi”, deydi Husniddin Ato.

Suratlar 20 va 27-28 fevral kunlari olingan. Muallif 28 fevral kuni Toshkentga qaytgan.

U uchib kelgan reysda barchani teplovizordan o‘tkazishgan, lekin dezinfeksiya qilinmagan. Fotograf undan tahlil olishlarini talab qilgan va uni aeroportdan virusologiya markaziga tahlilga olib ketishgan. Tahlil natijalari chiqqunicha virusologiya markazida karantinda qolgan.

Eslatib o‘tamiz, 27 fevral kuni Seuldan kelgan HY514 reysi yo‘lovchilari Toshkent aeroportining xalqaro terminalining alohida zalida vaqtincha sanitariya izolyasiyasiga joylashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bir qator zarur profilaktik tadbirlar o‘tkazilgandan so‘ng va SARS belgilari yo‘qligi tasdiqlangandan so‘ng yo‘lovchilar karantin xonasidan chiqib ketishlariga ruxsat berilgan.

2020 yilning 1 martidan boshlab esa Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Janubiy Koreyada koronavirus avj olishi va O‘zbekiston hududida virus tarqalishining oldini olish maqsadida Seulga bo‘lgan qatnovlarni vaqtincha to‘xtatdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан