Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus yuqtirib olgan bolalarda “Kavasaki sindromi” alomatlari paydo bo‘lmoqdami?
3.09.2020 13:42,  
521

AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda aholini qiziqtirgan savollar yuzasidan javob qaytarildi.

— Koronavirus  yuqtirib olgan bolalarda  "Kavasaki  sindromi"  alomatlari paydo bo‘layotgani haqida ma’lumot bersangiz.

— “Kavasaki sindromi” genetik kasallik bo‘lib, u asosan 4-5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. 

Bu — juda ham kam uchraydigan katta va mayda qon tomirlar o‘zgarishi, bola organizmining tizimli o‘zgarishi bilan kechadigan kasallik. 

Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda, Rossiya Federatsiyasi va qo‘shni Qozog‘iston davlatida ham bu sindromga o‘xshash holatlar bolalarda kuzatilayotgani haqida ma’lumotlar bor.

Bizni davlatimizda bu kasallik uchramadi deyishimiz qiyin, balki bolalarda kechgan o‘rta og‘ir turlarida bu kasallik belgilari o‘xshash holatlar kuzatilgan bo‘lish ehtimoli bor. 

Bizda bu sindrom uchradi deyishimiz uchun kasallik tasdiqlanishi kerak. Bugungi kunda bu sindromga o‘xshash holatlar aniq o‘z tasdig‘ini topmadi.  Biroq bu bizda kuzatilmaydi ham degani emas,  Kavasaki sindromiga o‘xshash kasalliklar bolalarda kuzatilishi va ko‘payishi ham mumkin.  

Bu sindromga o‘xshash kasallik  kelib chiqishida koronavirus ta’sirida bola organizmida kechadigan kuchli yallig‘lanish uning immun tizimini kuchayishi, qon-tomirlar o‘tkazuvchanligini buzilishini keltirib chiqaradi.

Bolaning tana harorati 5 kun va undan ortiq 38 darajadan yuqori bo‘ladi. Tanasida turli toshmalar toshishi kuzatiladi, qo‘llar kafti va tovonlar terisi ko‘chishi kuzatilishi mumkin. 

Bola organizmida kechayotgan jarayonni og‘ir yoki yengilligiga qarab bu belgilar kuzatiladi.  

Ota-onalar bolalarda shamollash alomatlarini paydo bo‘lishi bilan poliklinikalardagi oilaviy shifokor yoki pediatrga murojaat etishi lozim.

Bu sindrom yurak miokardiga bo‘lgan ta’siri sabab miokardit kasalligini keltirib chiqaradi, ba’zi hollarda bola organizmidagi kuchli immun reaksiya uning o‘limi sababchisi bo‘lib qolishi ham mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан