Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusga chalinganda iste’mol qilish taqiqlangan mahsulotlar ma’lum qilindi
7.11.2020 04:47,  
633

Rossiyalik terapevt shifokor Filipp Kuzmenkoning ta’kidlashicha, organizmda suv-tuz balansini me’yorida ushlash lozim. Ko‘proq suv ichish, sho‘r taomlar, misol uchun, tuzlangan bodring, tuzlangan baliq iste’molidan qochish lozim. Spirtli ichimliklar iste’mol qilmaslik lozim, chunki u organizmning suvsizlanishiga olib keladi.

Shifokorning ta’kidlashicha, sho‘r taom qonni quyultiradi, bu esa koronavirusga chalinganda zararli hisoblanadi. “Tuz to‘qimadagi suvni tortib oladi, tomirlarda esa qonning quyuqlashishi yuz beradi. Bu esa koronavirusga chalinganlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, deb ta’kidlab o‘tgan mutaxassis.

Avvalroq ham shifokorlar koronavirusga chalinganlikda spirtli ichimliklar xavfli bo‘lishidan ogohlantirishgan. Koronavirusda spirtli ichimliklar qonning quyuqlashishiga olib keladi, vaholanki koronavirus infeksiyasining asoratlaridan biri tromboemboliya, ya’ni hayotiy muhim qon tomirlarining tromb bilan berkilib qolishi hisoblanadi. Shu sababli alkogol bemorning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Bundan tashqari, alkogol koronavirusni davolashda belgilanadigan dorilar bilan nomutanosib hisoblanadi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан