Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusga qarshi emlanishning ikkilamchi ta’sirlari ma’lum qilindi
2.02.2021 23:01,  
300

Koronavirusga qarshi vaksina qabul qilingandan so‘ng inson organizmida gripp simptomlariga o‘xshash alomatlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining shtatdan tashqari terapevti, Terapiya va profilaktik tibbiyot milliy tadqiqot markazi direktori Oksana Drapkinaga tayanib «RBK» xabar berdi.

«Holsizlik, og‘riqlar, uyquga moyillik, uyquchanlik, qisqa vaqtga harorat ko‘tarilishi kuzatilishi mumkin. Haroratga sovuqsirash holati hamrohlik qilishi mumkin», — dedi u.

Drapkinaning ta’kidlashicha, vaksinatsiyadan keyin tana harorati kamdan kam holatda 38 darajadan ko‘tarilib ketishi mumkin. Bunday vaziyatda mutaxassis bermorlarga dori ichishni maslahat berdi. «Agar harorat 38 dan oshsa yoki undan past bo‘lganda ham jarayon og‘ir kechsa, bir dona paratsetamol tabletkasini qabul qilish kerak», — dedi Drapkina.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vaksinaning aks ta’siri emlangandan keyin bir kun davomida yuzaga chiqishi mumkin. Terapevt bunday vaziyatda bemorlarni vahimaga tushmaslikka va «qayergadir yordam so‘rab bormaslikka» chaqirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан