Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlarga qancha to‘langani ochiqlandi
7.05.2020 14:42,  
605

Moliya vazirligi koronavirusga qarshi kurash tadbirlari uchun respublika bo‘yicha jalb qilingan xodimlarga maxsus rag‘batlantirish va har kunlik qo‘shimcha to‘lovlarning to‘lanishi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969-sonli “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi PQ-4652-sonli “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan ob’yektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi (keyingi o‘rinlarda — maxsus to‘lov) belgilangan:

- vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million so‘m;
- o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million so‘m;
- kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million so‘m;
- boshqa xodimlarga — 5 million so‘m.

Respublika bo‘yicha jami 14 301 xodimga oylik lavozim maoshlariga 6% miqdorda har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar uchun 22,8 mlrd so‘m, 1524 xodimga 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi uchun 32 mrld so‘m o‘tkazib berildi.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан