Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusga qayta chalinmaslik uchun nimalar qilish kerak?
24.10.2020 17:54,  
1029

Bugun AOKA zalida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Odilova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda aholidan tushayotgan muhim savollarga javob qaytarildi:

— Koronavirusga qayta chalinmaslik uchun nimalar qilish kerak?

— Kasal bo‘lmaslik uchun uning oldini olish, ya’ni profilaktika zarur.

Birinchi navbatda immunitetning yuqori bo‘lishiga erishish, buning uchun organizmni chiniqtirish, gigiyenik qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga rioya qilish (to‘g‘ri ovqatlanish tamoyiliga amal qilish, jismoniy faollik, zararli odatlardan voz kechish, ruhiy xotirjamlikka erishish) zarur.

To‘g‘ri ovqatlanish:

- kuniga kamida 4-5 mahal ovqat iste’mol qilish,

- tarkibida yog‘, tuz, shakar miqdori ko‘p bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlardan tiyilish,

- kuchli gazlangan rangli hamda energetik ichimliklardan voz kechish,

- kuniga 400 gr. dan kam bo‘lmagan miqdorda xom holdagi meva va sabzavotlarni iste’mol qilish,

- ovqatning bir xilda bo‘lishidan cheklanib, ratsionga go‘sht mahsulotlari bilan bir qatorda albatta sut va qatiq mahsulotlari, dukkakliklar, ko‘katlarni qo‘shib iste’mol qilish zarur.

Shuningdek, gripp mavsumida piyoz, chesnok va limonning ham alohida o‘rni borligini unutmaslik kerak.

Shuningdek, odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan cheklanish, ko‘chaga chiqqanda himoya vositalaridan to‘g‘ri va to‘liq foydalanish talab etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан