Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus seshanba kuni Xitoy hukumati rasmiylari koronavirusning kelib chiqishini o‘rganish maqsadida yo‘l olgan xalqaro ekspertlarni ushbu mamlakatga kiritmaganidan tashvishda ekanini aytdi.
JSST rahbarining aytishicha, dunyoning turli mamlakatlaridan to‘plangan olimlar pandemiya sabablarini o‘rganish uchun safarga tayyor, biroq, rasmiy Pekin hozircha bu safarga rozilik bildirmagan.
“Men bu yangilikdan qattiq tashvishdaman, – dedi Gebreyesus. – Guruhning ikki nafar a’zosi bundan yo‘lda xabar topishdi, qolganlar esa, so‘nggi daqiqada yo‘ldan qaytishdi. Men xitoylik rasmiylar bilan bog‘lanib, bu ish JSST va butun jahon hamjamiyati uchun hayot-mamot masalasi ekanini tushuntirishga harakat qildim. Ular Xitoy rahbariyatining bu masaladan yetarlicha xabardor ekanligi, ichki tayyorgarlik ishlari yakunlanishi bilan xorijlik ekspertlar tashrifiga ruxsat berilishini bildirishdi”.
Ayni paytda butun dunyoda pandemik vaziyat jiddiyligicha qolmoqda. Buyuk Britaniyada so‘nggi kecha-kunduzda 60 ming kishida koronavirus aniqlandi. Bu mamlakat miqyosida pandemiya boshlanganigan beri eng yuqori ko‘rsatkich. Mamlakat Bosh vaziri Boris Jonsonning aytishicha, ayni paytdagi vaziyat mamlakatda uchinchi bor karantin joriy etishdan boshqa chora qoldirmagan. Hozirda mamlakatda 1,3 milliondan ortiq inson emlangan.
“Shundan 650 ming nafari 80 yoshdan oshgan keksalardir, – dedi bosh vazir. – Bu Angliyadagi 80 dan oshgan fuqarolarning 23 foizini tashkil qiladi. Shu tariqa ikki-uch hafta o‘tib, aholining nisbatan zaif qatlamiga mansub har to‘rtinchi odam sezilarli darajada immunitetga ega bo‘ladi”.
Germaniyada yanvar oyining oxiriga qadar karantin choralari kuchaytirilgan holatda davom etadi, shuningdek, vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlarda yangi cheklovlar kiritiladi. Endi fuqarolar faqat o‘z oila a’zolari va undan tashqari yana bir nafar begona kishi bilan muloqotga kirishishlari mumkin. Qariyalar uyi xodimlari, tashrif buyuruvchilar, yangi kelib qo‘shilganlar muddatidan oldin ekspress-testdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
Daniya hukumati ham nisbatan tezroq yuqishi aniqlangan koronavirusning yangi shtammiga qarshi kurash maqsadida cheklov choralarini kuchaytirgan.
Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Сўнгги янгиликлар
25.09.2023 15:06,
4
AsiaExpress pul o‘tkazmalari MKBANKda!
20.09.2023 15:22,
0
Kutib oling MKBANKdan Premial Visa kartalari
Koronavirusni o‘rganish uchun borgan JSST ekspertlari Xitoyga kiritilmadi.
6.01.2021 19:08,
343
Tavsiya etamiz
25.09.2023 15:06,
4
AsiaExpress pul o‘tkazmalari MKBANKda!
13.09.2023 15:25,
1
MKBANKda quyosh panellari o‘rnatish uchun 150 mlrd.dan ortiq kreditlar ajratildi
23.01.2023 16:04,
405
Bloomberg: 2023 йилда Европа тарихдаги энг ёмон қарз инқирозига дуч келиши мумкин
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston
25.09.2023 15:08,
8
O‘zbekiston
21.09.2023 15:33,
2
Ҳар доим хабардор бўлинг!
carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан