Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusning og‘ir kechishi bemorning irqiga bog‘liq bo‘lishi mumkin
26.01.2021 09:56,  
526

Londonning qirolicha Mariya universiteti va "Barts Health NHS Trust" jamg‘armasi mutaxassislari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar yakunida shunday xulosaga kelindi. Bu haqda batafsil "BMJ Open" portalida maqola e’lon qilingan.

Mutaxassislar 2020 yil 1 yanvardan 13 maygacha kasalxonaga yotqizilgan 16 yoshdan katta bo‘lgan 1737 nafar bemorning ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Ularning 538 nafari kelib chiqishi osiyolik, 340 nafari qora tanli va yana 707 nafari oq tanli bemorlar bo‘lgan. Kuzatuvlarning 30-kunida 511 bemor hayotdan ko‘z yumgan.

Qora tanli va kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan bemorlar reanimasiya bo‘limlarida 1,5-1,8 baravar ko‘p murojaat qilgan va ular o‘pkani sun’iy shamollatish uskunalariga ulangan. 

Bundan tashqari, kelib chiqishi osiyoliklarda oq tanlilarga qaraganda 1,49 marta, qora tanlilarga qaraganda esa 1,3 baravar ko‘p o‘lim qayd etilgan.

Reanimatolog va anestezist Yize Vanning izohlashicha, tadqiqot koronavirusning turli etnik guruhlar vakillariga nomutanosib ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан