Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






​​Kuchli tuman O‘zbekistonda aeroportlar faoliyatini cheklab qo‘ydi
3.01.2022 11:28,  
47

3 dekabr kuni Urganch va Nukus aeroportlarida ko‘rish imkoniyati yomonligi sababli samolyotlar uchish va qo‘nishni amalga oshira olmadi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Urganch aeroportidagi kuchli tuman tufayli — ko‘rish masofasi 200 metr atrofida — «Aeroflot» aviakompaniyasining Moskvadan parvoz qilayotgan AFL1976 reysi soat 03:25 da «Sheremetevo» aerportidan uchib keta olmagan.

Yana ikki reysda ham xuddi shunday holat kuzatilgan: S7 Airlines aviakompaniyasining Samara—Urganch yo‘nalishi bo‘yicha soat 04:35 da uchishi kerak bo‘lgan SBI6481 reysi hamda «Ural» aviakompaniyasining Sankt-Peterburgdan soat 03:30 da uchishi kerak bo‘lgan SVR2473 reysi.

Ayni vaqtda samolyotlar Urganchdagi ob-havo sharoitlari yaxshilangunga qadar jo‘natuvchi-aeroportlarda qolmoqda.

Kuchli tuman — ko‘rish masofasi 200 metr — shuningdek, Nukus aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ygan. Uzbekistan Airways’ning ikki reysi Toshkentga parvozini kutmoqda. Bundan tashqari, soat 11:30 da Nukus—Aqtau yo‘nalishi bo‘yicha uchishi kutilayotgan reys ham kechiktirilishi mumkin.

Uzbekistan Airways matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Nukus va Urganch aeroportlarida meteorologik sharoit tobora yomonlashib borayotgani munosabati bilan avval rejalashtirilgan HY-051/052, 053/054, 011/012 reyslari vaziyat o‘zgarmaguniga qadar qoldirilgan. Uchish vaqti taxminan soat 16:00 ga rejalashtirilmoqda.

«2 va 3 yanvar kuni kechiktirilgan yoki qoldirilgan aviaqatnovlar yo‘lovchilari aviachipta pulini qaytarish yoki bepul boshqa sanaga o‘zgartirish imkoniyatiga egalar», — deya ogohlantiradi kompaniya.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан