Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kusherbayev nega jim? U piar qilyaptimi?
12.05.2020 03:34,  
2921

Ijtimoiy tarmoqda Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev haqida anchagina gaplar tarqala boshladi. Avval, uning hayotiga tashqaridan biroz baho beramiz.

Rasuljon haqida surishtiruvlardan keyingi fikr shuki, u bolaning hech qanaqa biznesi yo‘q. Bilishimizcha, oilasini moddiy ahvoliyam havas qilarli darajadamas. Ko‘plab fuqarolarimiz qanaqa kun ko‘rsa shunaqa kun ko‘radi.

Endi, sal oyliklar oshgan, oz bo‘lsayam o‘z ehtiyojidan to‘rt tanga oshib qolayotgandir. Shu orttirganiyam kreditga olgan uyi va moshinasiga, ukalarini qo‘llashga sarflaydi. Hattoki, odamlarga o‘xshab orzu havas deb hali to‘y ham, kichikroq bir hovliyam qurolgani yo‘q o‘zimga o‘xshab. Topgani arang kunini o‘tkazishga yetadi. Halol bola.

Ehtirosga berilmay, o‘zini ko‘rgan bilgani asosida mantiqiy xulosa qiladi. Kimnidir qo‘liga qarab, ko‘ngliga qarab qanaqadir ishu o‘yinlarga aralashmaydi. Vijdoni o‘yg‘oq, vatanparvar, iymon e’tiqodli bola. Onasi o‘tgandayam qo‘li kaltalik qilib, tayinli do‘xtirga ko‘rsatib, davolatolmaganidan ko‘p kuyinadi. Xudoni o‘zi panohida asrasin.

Har holda surishtiruvlardan olingan xulosa yuqoridagidek. Endi oxirgi voqealar silsilasiga e’tibor qaratamiz.

Rasul hecham o‘zini talatib qo‘ymaydi. Har holda qonun-qoidani yaxshi biladigan inson u. Lekin o‘zini panaga olib jim o‘tirishidan, o‘ziga kimlardir orqali spektakl uyushtirib, sahnada o‘zi ko‘rinmasayam bosh rol o‘ynash unga yoqyapti, shekilli?

Chunki, chiqib "e kechirasizlar unaqa ishlar bo‘lgani yo‘q yoki yozilayotgan gaplar ayni haqiqat, mana voqealar aslida qanaqa bo‘lyapti" deb yozishi kerak. U yo rad etmay yo voqealarni boricha yozmayaptimi, demak tahminimiz va ojizona kuzatuvlarimiz bo‘yicha Rasul biroz e’tibor markazida bo‘lishga intilayotgandek go‘yo. Oxirgi paytlarda o‘zidan "nyus-maker" yasab olishga ruju qo‘yib, o‘zidan "adolat peshvoshi"si obrazini yaratishga haddan ziyod ko‘p urinayotganini oqibati his qilinyapti.

Xullas, Rasul Kusherbayev ochiq kim (kimlar, qaysi organ yoki qanaqa guruh), qachon, qayerda, qanday hatti-harakat qilganini yozmayaptimi, qoidaga ko‘ra, yo tarafini olish yo fikr bildirishga shoshmagan ma’qul. Mahalladagi Ayollar blogerlardan emas, Rasul Kusherbayevning o‘zidan bilishni istaydi. Nimalar bo‘layotganini bilishga haqli. Sukut saqlab, tomoshabin bo‘lishi mavhumlikka yetaklaydi.

Buyam o‘ziga xos PiAr Aksiya bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Chunki so‘ngi paytlarda boshqa deputatlar ham undan andoza ola boshlashgan (deputat Doniyor G‘aniyev misol).

Bizningcha, R.Kusherbayev bunaqa spektakl bilan" bosh rolni hali birovga bermiman, man №1 deputat" degan o‘yin boshlagandek. Sababi hozir ayrim blogerlar, jurnalistlarga o‘xshab o‘zidan ojiz va "qurbon", mazlum, jabrdiyda yasab "xalqni suyuklisiga" aylanish avj olgan mahal. Agar Rasul Kusherbayev asl voqelikni ommaga oshkor qilmay luqmalar tashlab tursa, bu Sardobadek jiddiy voqelikdan chalg‘itish deb qarashim mumkin. Buxorodagi, Qashqadaryodagi, Shohimardondagi, Quvasoydagi masalalar soyaga o‘tib qolyapti. Deputatlik daxlsizligi bo‘lsa, tumandagi emas, Oliy Majlisdagi deputat bo‘lsa, Prezident e’tirofiga erishgan kadr sifatida o‘zini himoyasiz ko‘rsatishi shaxsan menga tushunarsiz. Shuning uchun, Oliy Majlisdagi Deputatimiz ham "self-PiAr" yo‘lidan boribdi-da, deb o‘ylab qoldik.

Maqola g‘araz maqsadida emas, xolis axborotga ega bo‘lish niyatida yozildi. Umid qilamanki, deputatimiz nimalar bo‘layotganiga batafsil izoh beradi. Abdurahmon akamizning maqolalari bilan xulosa qilishga erta. O‘zidan izoh kutib qolamiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан