Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






La Liga. «Real Madrid» qoldirilgan tur o‘yinida g‘alaba qozonib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi
10.02.2021 08:48,  
86

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 1-tur qoldirilgan uchrashuvi doirasida «Real» 9 fevral, seshanba kuni «Xetafe»ga qarshi bahs yuritdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar dahlsiz qoldi. 60-daqiqaga kelib madridliklar hujumchisi Karim Benzema hisobni ochdi. Birinchi goldan 6 daqiqa o‘tib, Ferlan Mendi «Real» g‘alabasini mustahkamladi.

Shunday qilib Zinedin Zidan shogirdlari ochkolari sonini 46 taga yetkazib, La Liga jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jamoa peshqadam «Atletiko M»dan 5 ochko ortda qolmoqda. Biroq Madridning «Atletiko» jamoasi zaxirasida 2 ta o‘yin bor.

La Liga

1-tur bahsi (qoldirilgan o‘yin)

9 fevral, seshanba

«Real Madrid» — «Xetafe» 2:0

Gollar: 1:0 – 60 Benzema, 2:0 – 66 Mendi.

«Real Madrid»: Kurtua, Varan, Marselo (Viktor Chust, 86), Mendi, Nacho, Modrich, Kazemiro, Vinisius Junior, Marvin (Arribas, 55), Asensio (Isko, 76), Benzema.

«Xetafe»: Soriya, Olivera, Shakla, Kabako (Timor, 73), Suares, Arambarri, Kukurelya (Unal, 73), Portilyo (Alenya, 55), Maksimovich, Anxel Rodriges (Kubo, 55), Ernandes (Mata, 54).

Ogohlantirishlar: Shakla (52), Mendi (71).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан