Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Lasetti” va “VAZ-2102” to‘qnashuvi: 1 qurbon bor
17.05.2020 13:00,  
864

16 may kuni soat 18:20 larda Andijon viloyati, Baliqchi tumani, "Qiyali" MFY hududidan o‘tgan 4R-112 Farg‘ona xalqa yo‘lining 114-km.da haydovchi 1961 y.t. E.R. (erkak) “Lasetti” rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarayotib, oldindagi avtomobilni quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, qarshisidan o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan haydovchi 1994 y.t. B.M. (erkak) boshqaruvidagi “VAZ-2102” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

To‘qnashuv natijasida, “VAZ-2102” rusumli transport vositasi haydovchisi 26 yoshli B.M. shifoxonada vafot etgan. “Lasetti” rusumli transport vositasi haydovchisi 59 yoshli E.R. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

YTH yuzasidan Baliqchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан