Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Liverpul Realdan Kiyevdagi alamini oladimi?
6.04.2021 09:02,  
155

Bugun tunda Yevropa Chempionlar ligasi chorak final uchrashuvida Madridning “Real” jamoasi Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul”ni qabul qiladi.So‘nggi yillarda finallardan chetda qolayotgan Zinedin Zidan shogirdlari bu safar “qizillar”ni imtihondan o‘tkazadi. Final oldi final deb qaralyotgan uchrashuvda har ikki jamoa  ham keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun jiddiy kurashishi tabiiy.

Bu 2018 yil finalidan beri jamoalar o‘rtasidagi birinchi uchrashuv bo‘lib, o‘shanda dastlabki bo‘limda Muhammad Salohning Serxio Ramos bilan to‘qnashib jarohat olishi Klopp rejalarini barbod qilgandi. Bu safar esa hammasi jiddiy, APLda sovrinli o‘rinlar uchun deyarli imkoniyatni boy bergan mehmonlar asosiy e’tiborini Chempionlar ligasiga qaratishgan.

Benzema “Real”ni keyingi bosqichga olib chiqadimi?

 Karim Benzema Garet Beyl va Krishtianu Ronalduga kabi jamoasiga yordam berish uchun qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Ronaldu  "Yuventus" ga va Beyl "Tottenxem" ga o‘tganidan so‘ng Benzema klubning asosiy futbolchisiga aylandi. Yetakchilar ketib yetakchiga aylangan Benzema esa “Real”ning asosiy quroli bo‘lishi mumkin. Karim Benzema ushbu mavsumda hozirgacha Ispaniya chempionatida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol kiritgan. Faqat to‘rt futbolchi Ronaldu (450), Raul (323), Di Stefano (308) va Santillana (290) "Real Madrid"da Benzemadan ko‘proq gol kiritgan. Agar u yana bir necha mavsum davomida hozirgi sur’atda davom etsa, “qirollik klubi” tarixiga kirishi mumkin. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 24 ta, shu jumladan o‘tgan 10 ta o‘yinda 11 ta gol urgan.

Gollarining ahamiyati

Benzemaning gollari La Liga peshqadami "Atletiko" va 28- turdagi "Elche"ga qarshi dramatik uchrashuvlarda jamoasi uchun g‘alaba keltirmoqda. Shuningdek, fransuz "Xetafe", "Valensiya" va "Selta"ga ham gollar urib, jamoasini chempionat yetakchiligiga boshlayapti.

Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi bahs aynan o‘shbu turnir finalida Kiyevdagi “Olimpiyskiy” stadionida o‘tkazilgan bo‘lib, unda “Real Madrid” 3-1 hisobida zafar quchgan edi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан