Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mahallalarda «Elektron kuzatuv maskan»lari tashkil etiladi
1.03.2021 09:58,  
124

Loyiha bilan fuqarolar yig‘inlarida tinchlik, osoyishtalik, xavfsizlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar mulkiga bo‘lgan tajovuzlarning oldini olish maqsadida mahalla fuqarolik yig‘inlarida faoliyati tugatilgan “Jamoatchilik nazorati maskanlari”ni eksperiment tariqasida videokameralar o‘rnatish sharti bilan, tadbirkorlik sub’yektlariga ijaraga berib, ular negizida fuqarolar yig‘inlarining “Elektron kuzatuv maskan”larini tashkil etish nazarda tutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Ichki ishlar vazirligi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda fuqarolar yig‘inining “Jamoatchilik nazorati maskan”lari to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, binosi mahalla fuqarolar yig‘inlari balansiga olinadi va eksperiment tariqasida tadbirkorlik sub’yektlariga ijaraga berish orqali ular negizida “Elektron kuzatuv maskan”lari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, qaror loyihasining tasdiqlanishi mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida fuqarolar faolligini oshirish, hududda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarni tizimli tashkil etishga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан