Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Makkai mukarramada O‘zbekiston ruhi
5.10.2019 11:57,  
704

Jidda shahrida istiqomat qilib turganmda Makkai Mukarramaga tez-tez borib turardim. Tanishlar kelsa Makkaga ko‘rgani borardik. Yodimda qolgan ana shunday voqealardan birini sizlar bilan bo‘lishgim keldi.

Ma’lumki, muhojirlikda odam vatanini, qishlog‘ini sog‘inadi. O‘z odamlari bilan ko‘rishgisi gaplashgisi keladi. O‘tgan yili O‘zbekistondan bir tanish umraga kelgan edi. O‘shani ko‘rish uchun Makkai Muakarramadagi o‘ttiz qavatli "Abroj Kisvah" mehmonxonasiga bordim. Ushbu joy nihoyatda kattaligi uchun O‘zbekistonliklar bir minorasida, 13-18-qavatlarda joylashibdi.

Asrdan keyin kirib bordim. Hech qanday qo‘riqchi yo‘q, o‘zbekchada "oshxona, masjid" yozuvli e’lonlar yopishtirilgan. 13-qavatga ko‘tarildim. Koridorda oq do‘ppili hojiaka Qo‘qon shevasida gaplashmoqda. Keyin biz bilan qo‘qoncha mulozamat bilan so‘rashib, qiziqsinib savollar so‘radi.

Bir xonani taqillatdim. 50 yoshlardagi aka ochib ichkariga taklif qildi. 70, 80, 45 yoshlardagi umrachilar endigina Haramdan kelib, yonboshlab telvizorda Qur’on kanalidan jonli ko‘rsatadigan Haram manzarasini tomosha qilib, gaplashib o‘tirgan ekan.

— Endi bolaam, bu yerda boshqa qiladigan ishimiz yo‘q. Ibodat qilamiz, yeymiz, ichamiz, dam olamiz, — deb kuladi nuroniy otaxon. Chindan ham ulardagi ruhiy xotirjamlik, yuzlaridagi qoniqishni, iymoniy rohatni ko‘rib dil yayraydi.

Vatandagi o‘zgarishlar, qishloq hayoti, odamlarning kundalik g‘am-tashvishlaridan suhbatlashib o‘tiramiz.

Yana bir marta yaqinlari nomiga umra badal qilishganini, Olloh quvvat bersa ketishdan oldin yana bir qilib olmoqchiligini aytadi.

— Qirg‘izistonlik yosh, baquvvat yigitlarni uchratdik. Uzoqroq muddatga kelishgan ekan, har kuni ikki martadan qilib, shu kungacha ellik beshta umra qilibdi, oltmishtaga yetkazmoqchi ekan, — deydi otaxon hayratlanib.

Suhbat dehqon, fermerlar ahvoli, mardikor ayollar va Rossiyaga buriladi. Vatandoshlarim miyasi ruslashtirilgan, Putinni o‘z xalqidan ham ko‘proq sevuvchi, Rossiya uchun qayg‘iruvchi millatga aylanib qolganidan yoqamni ushlab, "yo tavba"lashdan o‘zimni arang tutaman.

Iftorlik uchun oshxonaga tushdik. Vatandan keltirilgan oshpazlar tomonidan pishirilgan oliy nav taomlar, anvoyi hil-hil meva-sabzavotlardan tayyorlangan salatlar, meva sharbatlari, sut-qatiq mahsulotlari, shirinliklar bufet shaklida tuzalgan. Har kim ko‘ngli tusaganini patnisiga solib ketmoqda. Qo‘li shirin milliy oshpazlar tayyorlagan ushbu lazzatli taomlarni tanovul qilarkanman, umraning yarim puli shu ovqatlardan chiqib ketishini o‘yladim.

Maroqli suhbat asnosida miriqib ovqatlanib, keyin shomni o‘qishga turdik. Shunday mazmunli kunni berganiga Ollohga hamd aytib, ziyoratchilarga husni qabul tilab xayrlashdim. Kimdir Toshkentda o‘t yoqsa, yoqimli hidi Makkada tuyilayotganidan dilim masrur edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан