Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Maktabda ziyofat uyushtirgan direktor va o‘rinbosarlari" ishi yuzasidan rasmiy munosabat
21.03.2021 20:08,  
569

Maktabda ziyofat uyushtirgan direktor va o‘rinbosarlari ishdan ketdi. Bu haqda Chiroqchi tumani Xalq ta’limi bo‘limi xabar bermoqda.

"Joriy yilning 19 mart sanasida Chiroqchi tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 19 sonli umumta’lim maktabi direktori P.A boshchiligida maktab jamoasi Navro‘z bayramini nishonlash maqsadida jamoa roziligi bilan ellik ming so‘m miqdorida pul yig‘ishadi. Maktab jamoasining o‘zaro kelishuvi asosida pul yig‘ib bayram qilishiga qarshi emasmiz. 

Biroq maktab jamoasi biror choyxonada emas balki o‘zlari faoliyat olib borayotgan ta’lim muassasasida bazm uyushtirishadi. Bayram dasturxoni to‘kin sochin bo‘lishi tabiiy. Ammo maktab jamoasi tomonidan tashkil qilingan bazmu-jamshid mast qiluvchi ichimliklarsiz o‘tmadi. Eng yomoni bugungi pandemiya vaqtida jamoviy yig‘inlarni to‘xtatib turish kerak bo‘lgan bir pallada uztozlar quyushqondan biroz chiqib ketishdi. Nega deysimi maktab fayesida bazm uyushtirgan murabbiylar dasturxoni "ko‘rki" spirtli ichimliklarsiz bo‘lmadi. Mana sizga saviya, mana sizga o‘sha sharafli nomni yelkasida ko‘targan ustozlar... Afsus. 

Bugun tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Farhod Jumanov bogchiligidagi ishchi guruh a’zolari 19-sonli maktabda bo‘lgan holatga oydinlik kiritish maqsadida maktabga borishdi. Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgan direktor va uning o‘rinbosarlari qilgan ishlaridan izza bo‘lib, o‘z xohishlariga ko‘ra, egallab turgan lavozimlaridan ozod qilishini so‘rab ariza yozdilar...

So‘ngi pushaymon o‘zinga dushman deb bekorga aytishmagan maktab jamoasi qilgan ishlaridan pushaymon bo‘lib, bosh yegib, mulzam bo‘lib, turishgan bir vaqtda bu insonlarga siz qanday baho berasiz..." deya bayon etiladi Xalq ta’lim bo‘limi xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан