Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Maktablarda qishki ta’til kunlari ma’lum qilindi
12.12.2020 00:52,  
1522

Bu yil 27 dekabr yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi sababli, umumta’lim maktablarida qishki ta’til boshlang‘ich sinflar uchun 25 dekabr, yuqori sinflar uchun 26 dekabrdan boshlanadi.

Bu haqda Xalq talimi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston maktablarida ta’tillar jadvali quyidagicha:

  • kuzgi ta’til – 4 noyabrdan (6 kalendar kuni)
  • qishki ta’til – 28 dekabrdan (14 kalendar kuni)
  • bahorgi ta’til – 21 martdan (7 kalendar kuni)
  • yozgi ta’til – 26 maydan – 1 sentyabrgacha.

Laylo Rustamovaning ma’lum qilishicha, vazirlik ushbu tartibni bekor qilib, uzaytirilgan yagona qishki ta’tilni joriy etish haqidagi bir guruh faollar ilgari surgan taklifni qo‘llab-quvvatlamaydi.

«Ta’til vaqtlarini o‘zgartirish yuzasidan bildirilayotgan takliflarga javoban, maktablarni isitishdan ko‘ra sovutishga ko‘proq energiya resurslari talab etilishini ma’lum qilamiz», – dedi XTV rasmiysi.

Avvalroq bir guruh jamoatchilik vakillari maktab o‘quvchilari uchun 25 dekabrdan 2 fevralgacha davom etadigan yagona qishki ta’tilni joriy etish, birinchi va so‘nggi qo‘ng‘iroq kunlarini 26 avgust va 31 may etib belgilash, boshlang‘ich sinflarda darslar davomiyligini 45 daqiqadan 40 daqiqaga tushirish kabi takliflar bilan chiqqan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан