Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Maqsadimiz layk yig‘ish edi».Ichki ishlar xodimi kiyimida raqsga tushgan yigit 8 sutkaga qamaldi
7.02.2021 11:06,  
301

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida ichki ishlar xodimi kiyimini kiyib raqs tushgan yigit va uni videotasvirga olgan voyaga yetmagan bola qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda «Zamon.uz».

Mirzaobod tumanining «Bog‘iston» mahallasida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasida ishchi bo‘lib ishlab kelgan 1995 yilda tug‘ilgan Hasan Do‘stov ichki ishlar xodimlarining xizmat kiyimini kiyib jamoat joyida yurish-turish va odob axloq qoidasini buzgan xolda tanishi, voyaga yetmagan Diyorbek bilan nojo‘ya xatti-harakatlarni tasvirga olib, uni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborgan.

Ushbu fuqarolarning shaxsi aniqlandi. Holat yuzasidan Hasan Do‘stovga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 209-1-moddasi (xizmat kiyimini ruxsatsiz belgilanmagan tartibda kiyish) bilan ayblov e’lon qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzaobod tumani sudida o‘tgan ochiq sud majlisida yigitlarning xatti-harakatiga qonuniy baho berildi. Sud hukmiga ko‘ra Hasan Do‘stov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, ushbu kodeksning 34-moddasiga asosan unga 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан