Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Xalq ta’lim vazirligi bu holatni qoralaydi. O‘qituvchini obro‘sizlantirishga hech kimning xaqqi yo‘q!" - Xalq ta’limi vaziri
8.02.2022 22:05,  
553

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov Marhamatdagi uzrvozlik bo‘yicha bayonot bilan chiqdi.

"Hurmatli jamoatchilik vakillari!

Bugun Marhamat tumanida yuz bergan holatni nafaqat o‘qituvchilarimizning sha’nini yerga urish balki Davlatimiz siyosatiga qarshi amalga oshirilayotgan harakat deb baholayman.  

O‘qituvchi qadrlanmagan yurt hech qachon taraqqiy etmaydi. Shu bois bugun Davlatimiz Rahbari o‘qituvchilarni ulug‘lash va jamiyatda eng obro‘li inson qilish masalasini Davlat siyosatining eng yuqori darajasiga olib chiqdilar.

Bu harakat qanday maqsadda amalga oshirilgani menga qorong‘u, lekin aybdorlar albatta javob berishi kerak. Shu o‘rinda men o‘qituvchilardan o‘z qadr-qimmatlarini yerga urishga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘rab qolaman. Sizning bu darajada boshingizni yerga qaratishga hech kimning haqqi yo‘q!

Hozirda Xalq ta’limi vazirining huquqiy-nazorat xizmati tomonidan ishchi guruh tashkil etilib, holatni o‘rganmoqda. Bunday holatlarga yo‘l qo‘ygan "tashabbuskorlarga" albatta tegishli chora ko‘riladi".

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан