Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Marhamat tumaniga yangi hokim tayinlandi
27.05.2020 10:26,  
239

Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirokida 2020 yil 27 may kuni Marhamat tumanida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  

Yig‘ilishda kun tartibida belgilangan masalalar ko‘rib chiqildi. Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrifi davomida Marhamat tumani hokimi Shuhrat Qamchiyev egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi.

Hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash sho‘’basi bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan Yuldashev Bobirbek Baxodirovichni Marhamat tumani hokimi  etib tayinlandi. 

Yuldashev Bobirbek Baxodirovich 1986 yil 22 yanvar kuni Andijon viloyati Andijon shahrida tug‘ilgan. 2008 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Yuldashev Bobirbek Baxodirovich Mehnat faoliyatini 2005-2006 yillarda Andijon shahar statistika bo‘limi iqtisodchisi, 2006-2009 yillarda Andijon viloyat statistika boshqarmasida turli lavozimlarda, 2009- 2010 yillarda Andijon viloyati hokimligi iqtisodiyot Bosh boshqarmasi sanoat, kommunikatsiya va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, 2010-2018 yillarda Andijon viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi 1-toifali mutaxassisi lavozimidan boshlab Andijon viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari lavozimlarida,  2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash sho‘’basi yetakchi inspektori, 2019 yildan shu vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash sho‘’basi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан