Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy Osiyoda davlat qarzlari: kimda qancha?
23.11.2019 14:46,  
5385

Joriy yilning noyabr oyi boshida O‘zbekiston Moliya vazirligi mamlakatning davlat qarzi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi. Ushbu ma’lumotlar kelgusi yil uchun byudjet loyihasida keltirilgan. Vazirlikning prognoziga ko‘ra, O‘zbekistonning tashqi va ichki kreditorlar oldidagi davlat qarzi 2020 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 21,3 milliard dollarga yetadi, shu jumladan, tashqi qarz – 15,3 milliard dollarni tashkil qiladi.

Davlat qarzining mamlakat iqtisodiyotiga tushadigan “yukini” anglashda qo‘llaniladigan muhim ko‘rsatkichlardan biri – uning mamlakat iqtisodiyoti hajmiga nisbati, ya’ni YaIMga nisbatidir. 2020 yilning boshida O‘zbekiston davlat qarzining umumiy hajmi mamlakat yalpi ichki mahsulotining hajmiga nisbatan 36 foizni, tashqi qarz esa 25,4 foizni tashkil qiladi. Bu umumiy davlat qarzi YaIMning deyarli uchdan bir qismiga, tashqi qarz esa to‘rtdan bir qismiga to‘g‘ri keladi degani. Markaziy Osiyo mintaqasining boshqa mamlakatlari bilan taqqoslaganda bu ko‘pmi yoki oz? Qo‘shni mamlakatlarning davlat qarzi qancha?

UzAnalytics

Yuqorida keltirilgan raqamlardan ko‘rinib turibdiki, Qirg‘iziston va Tojikistonda davlat qarzi miqdori mintaqadagi boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha kam. Ammo ularning iqtisodiyoti hajmini hisobga olganda, bu qarz miqdori ushbu mamlakatlar iqtisodiyoti uchun sezilarli darajada katta “yuk” hisoblanadi. Qirg‘iziston va Tojikistonda davlat qarzining umumiy hajmi ularning yalpi ichki mahsuloti hajmining deyarli yarmiga teng. Mazkur ikki mamlakat davlat qarzining YaIMga nisbati bo‘yicha mintaqada yetakchi hisoblanadi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston eng katta miqdordagi davlat qarziga ega, ammo ayni paytda uning YaIMga nisbati mintaqada eng kichik qiymatni tashkil qiladi.

UzAnalytics

Davlat qarzi – davlatning tashqi va ichki kreditorlar oldidagi qarzlari, shu jumladan, mazkur qarzlar bo‘yicha hisoblangan foizlar miqdori hamdir. Oddiy qilib aytganda, davlat qarzi – bu davlatning xorijiy kreditorlar (xorijiy davlatlar va sarmoyadorlar, xalqaro moliyaviy institutlar) hamda o‘z fuqarolari va yuridik shaxslar – rezidentlar oldidagi majburiyatlaridir. Umuman olganda, davlat qarzi ikkiga bo‘linadi – tashqi va ichki qarzlar. Shu bilan birga, “Davlat tashqi qarzi” va “mamlakatning umumiy tashqi qarzi” tushunchalarini chalkashtirmaslik lozim. Birinchisi davlatning tashqi kreditorlar oldidagi majburiyatlarini, ikkinchi tushuncha esa mamlakatning norezidentlar oldidagi umumiy majburiyatlarini, shu jumladan davlat va xususiy sektorlarning qarzini o‘z ichiga oladi.

Manba: UzAnalytics

Avvalroq, O‘zbekistonning tashqi qarzi tahliliga bag‘ishlangan maqola chop etilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан