Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Marsda ham bir paytlar suv to‘la vodiylar bo‘lgan ekan
14.10.2019 10:04,  
284

Kelgusida balki insoniyatga mezbonlik qiladigan Mars sayyorasi 4 milliard yil muqaddam bizning dunyoga o‘xshash bo‘lgan ekan.

“Yevronyus”ning xabar berishicha, Yevropa fazo agentligi (ESA) Marsda 700 kilometr uzunlikdagi qurigan daryo vodiysining rasmlarini e’lon qildi. Rasmlarni agentlikning Mars Express sayyoralararo stansiyasi olgan.

Marsdagi eng uzun vodiylardan biri bo‘lgan va Nirgal Vallis nomi berilgan bu hududda 3,5-4 milliard yil avval suv to‘la daryolar oqqani taxmin qilinmoqda. Vodiyning chuqurligi 200 metrga, kengligi esa 2 kilometrga teng. Bu singari vodiylarni Chilidagi Atakama cho‘lida, Gavayi orollarida va AQShning Kolorado platosida uchrashi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан