Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mart oyining so‘nggi kunlarida ob-havo qanday bo‘ladi?
28.03.2022 09:05,  
213

Xabarda ko‘rsatilishicha, 29-30 mart kunlari respublika hududlarida havo harorati biroz pasayadi. Faqat shimol va tog‘li hududlardagina harorat minimumlari nol va undan biroz pastki haroratga tushadi. 31 mart kunidan boshlab esa kunlar asta-sekin qiziy boshlaydi.

28 mart shimol Qoraqalpog‘iston va Xorazmda, 29 mart Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Farg‘ona vodiy viloyatlarida biroz yog‘ingarchilik kutiladi. Boshqa hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

28 mart shimolda, 29 mart respublikaning ko‘plab viloyatlarida kuchli shamollar esadi. Shamollar kuchayganda 18-23 m/s kuchga yetishi mumkin.

Umuman olganda, 28-30 mart kunlari joylarda biroz beqaror havolar kutiladi. 31 martdan esa kunlar isiy boshlaydi.

«Yuqori ehtimol, g‘arbda antitsiklonning rivojlanishi aprel oyining birinchi o‘n kunligi quruq va issiq o‘tishini ta’minlaydi. Bu havo to‘lqinlari qishloq xo‘jaligi sektori uchun qariyib bir oy davom etayotgan yog‘inli va nam havodan so‘ng yaxshi xabar bo‘ladi»,— deyiladi meteorologlar izohida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан