Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mashhur hind aktyori Mithun Chakraborti Toshkent xalqaro kinofestivalida qatnashadi
26.09.2021 18:25,  
138

28 sentyabrdan boshlanayotgan Toshkent xalqaro kinofestivaliga «Disko raqqosi» filmidagi Jimmi roli bilan tanilgan afsonaviy hind aktyori Mithun Chakraborti ham tashrif buyuradi. Taniqli mehmon kinofestival ochilish marosimida ishtirok etadi.

«Disko raqqosi» filmi bilan birga «O‘yna, o‘yna», «Qirollik ovi» kabi kinokartinalar aktyorga katta shuhrat olib kelgan.

Toshkent xalqaro kinofestivali «Kino 5 kunda», «Jahon mamlakatlari kinosi kunlari», Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali va viloyatlarda yangi kinomanzillarning ochilishi kabi katta dasturni o‘z ichiga olgan.

Shuningdek, kinofestival doirasida 14ta xorij davlatlarining kino kunlari bo‘lib o‘tadi. Hind delegatsiyasi ham o‘zining filmlari va maxsus dasturi bilan ishtirok etadi.

Kinofestivalga Gollivudning taniqli yulduzlari ham tashrif buyuradi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан