Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Matiz»lar to‘qnashdi. «Lasetti» haydovchisi vafot etdi
24.03.2022 18:40,  
144

Belgilangan yo‘l qoidalariga amal qilmay mashina boshqarish jinoyatga sabab bo‘lishi tayin. Bunga Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan yo‘l transporti hodisasi yana bir karra misol bo‘ladi.

Komil (ismlar o‘zgartirilgan) “MATIZ” rusumli avtoulovni boshqarib kelayotib, boshqa bir haydovchi Jo‘rabekning boshqaruvidagi “MATIZ” bilan oraliq masofani  saqlamaganligi sabab, avtoulovning orqa tomoniga urilib to‘qnashuv sodir etadi. Yo‘l-transport hodisasi natijasida Jo‘rabekning “MATIZ”ining yonida turgan  “Lacetti” avtomobili haydovchisi Nodir og‘ir tan jarohati olib, kasalxonada vafot etadi.

Sudlanuvchi Komil Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topildi. Sud hukmiga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismiga asosan 2 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilindi. Shuningdek, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, Jinoyat kodeksining 72-moddasiga asosan 2 (ikki) yil muddatga sinov muddati belgilandi.

Bundan tashqari, sud tomonidan hukm qonuniy kuchga kirgach, sudlanuvchi Komildan jabrlanuvchi qonuniy vakili Ramazon Jo‘raqulov foydasiga 3 million 849 ming 680 so‘m, fuqaroviy da’vogar Jo‘rabek Mamatraimov foydasiga 5 million 236 ming 840 so‘m miqdoridagi moddiy zarar undirish haqida hukm chiqardi.

Transport vositalari sonining ortishi va haydovchilarning bilimi yetarli emasligi ko‘plab insonlarning hayotdan erta ko‘z yumishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois har bir haydovchi va piyoda yo‘llarda harakatlanish odobiga rioya qilishlari lozim.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан