Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mehnat migrantlarini Rossiyaga yuborish pilot loyihasi boshlandi
8.11.2021 20:12,  
160

O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga yuborish bo‘yicha pilot loyihasi boshlandi.

Loyiha doirasida nomzodlarni ishga jalb qilish bilan bog‘liq, jumladan, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, emlash, rus tili, Rossiya qonunchiligi bo‘yicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanadi.

Shu munosabat bilan o‘n ming nafar fuqaroni Rossiya Federatsiyasiga tashkiliy tarzda ishga jo‘natish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida tibbiy asbob-uskunalar bilan Rossiyaning 40 nafar tibbiyot xodimi O‘zbekistonga yetib keldi.

Endilikda Rossiya hududida ishlash huquqini beruvchi patent olishda talab etiladigan tibbiy ko‘rik Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkentda o‘rnatilgan tibbiy asbob-uskunalar yordamida yurtimizda amalga oshiriladi.

Bu tadbirlar Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan ko‘plab o‘zbekistonliklar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratib, fuqarolarning vaqti va xarajatlari qisqarishiga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан