Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Mehr-3» operatsiyasi: Suriyadan yana 98 kishi O‘zbekistonga qaytarildi
8.12.2020 12:23,  
432

Bugun, 8 dekabr kuni - mamlakat muhim bayramni nishonlayotgan tongda O‘zbekiston prezidentining tashabbusi va nazorati ostida o‘tkazilayotgan «Mehr» operatsiyalarining uchinchisi doirasidagi samolyot Toshkent aeroportiga qo‘ndi.

Shifokorlar, harbiylar, jamoatchilik, turli idoralar vakillari va OAV ishtirokida Suriyadan qaytarilgan 98 nafar o‘zbekistonlik kutib olindi. Samolyot zinasidan yig‘lab tushib O‘zbekiston tuprog‘ini o‘payotgan 25 ayolning yonida 73 nafar bolalarning borligi, ularning 14 nafari chin yetim ekanligi operatsiyaning insonparvarlik ahamiyatini tushuntirgandek bo‘ladi.

Zero, 2019 yilda «Mehr» operatsiyalari doirasida jami 220 kishi O‘zbekistonga qaytarilishi turlicha talqin qilingan, ularga bo‘lgan e’tibordan hayron bo‘lingani ham haqiqat. Ammo o‘zi tushunmagan g‘oyalar ortidan Yaqin Sharq taloto‘plarida sarson bo‘lgan o‘zbekistonliklarning bolalarida gunoh yo‘q. Aynan mana shu jihat bu masalaga davlat darajasida e’tibor qaratilishiga sabab bo‘ldi. Yana bir tomoni, hamma davlatlar ham o‘z fuqarolarini qaytarishga oshiqmadi. Pandemiya davri, jangovar harakatlar hanuz davom etayotganiga qaramay bu operatsiya amalga oshirilgani uzoq davom etgan diplomatik jarayonlar natijasidir.

«Mehr-3» operatsiyasi doirasida qaytarilganlar bugunning o‘zida maxsus sanatoriylarga joylashtirilib, issiq ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlanadi. Endi ular bilan shifokorlar, ruhshunoslar va ustozlar muntazam ish olib boradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан