Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Menga Paxtachi nomli tuman yoqmaydi. Nimaga u Paxtachi bo‘lishi kerak?». Prezident Samarqanddagi tuman nomini o‘zgartirishni taklif qildi
16.04.2021 17:53,  
510

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 aprel kuni Samarqand viloyat faollar kengashida Paxtachi tumani nomini yaqin kelajakda o‘zgartirish bo‘yicha taklif kiritdi. Bu  haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

«Menga Paxtachi nomli tuman yoqmaydi. Nimaga u Paxtachi bo‘lishi kerak? Buning tarixi yo‘qmi? Karmana va boshqa tumanlarning o‘z tarixi bor. Tarixchilar tuman tarixini o‘rganib, kelajakda shoshilmasdan fursatdan foydalanib nomini ham o‘zimizga munosib qilib qo‘yaylik. Paxtachi degan nom, masalan, menga yoqmaydi. Nima biz paxtachi bo‘lib o‘tib ketaveramizmi?», — degan Prezident.

Yig‘ilishda, shuningdek, Paxtachi tumanini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi, aholining turmush sharoitini yuksaltirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yana qanday yordam kerak bo‘lsa, berilishi ta’kidlangan.

Ma’lumot uchun, Paxtachi tumani Samarqand viloyati tarkibidagi tuman. 1935 yil 9 fevralda Narpay tumani hududining bir qismida Paxtakor tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1963 yilda yana Narpay tumaniga qo‘shilgan. 1973 yil 12 aprelda Paxtachi tumani nomi bilan yana Narpay tumanidan alohida tuman qilib ajratilgan.

Tuman xo‘jaligi, asosan, qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari mavjud. Tuman aholisi paxtachilik, g‘allachilik, sabzavotchilik, polizchilik, chorvachilik va pillachilik bilan shug‘ullanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан