Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






MIB xodimlarini yoqib yubormoqchi bo‘lgan ayol qanday jazo oldi?
13.06.2020 22:49,  
837

2020 yil 11 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida sudlanuvchi Dilorom Roziqovaga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.  Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi

Aniqlanishicha, 2020 yil 21 yanvar kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi M. Bekmuhammedov, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari F. Ibragimov va jami 23 nafar davlat ijrochilari bilan birgalikda ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2019 yil 12 sentyabrdagi ijro hujjatiga asosan uy-joydan chiqarish yuzasidan Samarqand shahri Navoiy-shox ko‘chasi 49-uy 16-xonadonda majburiy ijro harakatlarini boshlamoqchi bo‘lishgan. 

Fuqaro Dilorom Roziqova uy-joydan chiqishdan qat’iy bosh tortib, MIB Samarqand shahar bo‘limi xodimlarining xizmat faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatib, ularni ustiga benzin yoqilg‘isini sepib, qo‘lida yonib turgan sochiqni ularni ustiga qasddan uloqtirib yuborib, davlat ijrochilarini xizmat vazifalarini bajarishdan voz kechishiga majbur qilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, D. Roziqova O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil 7 oy 9 kun ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан