Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Millat yana bir niholidan ayrildi...
1.12.2020 18:24,  
4693
2015 yili AQShning Oregon shtatida 5000 kishi yashaydigan kichkina shaharda bo‘ldik. Mahalliy radiostansiyaga taklif qilishdi. Shu shahar va uning atrofidagi shaharchalar aholisiga xizmat qiluvchi chog‘roqqina radiostansiya bo‘lsa, nima qilamiz u yerda, degan fikr o‘tdi.
Radioga borgandan so‘ng tasavvurlarim butunlay o‘zgardi. Ikki qavatli zamonaviy bino, bog‘chasi ham bor. Ichkaridagi uskunalar barchasi yangi, did bilan dizayn qilingan. Fonotekasi ham juda katta: garchi barcha yozuvlar raqamlashtirilgan bo‘lsa-da, eski plastinkalardan tortib, original kasseta va disklargacha saqlanadi (tinglovchi talabiga ko‘ra, raqamlashtirilgan variant emas, aynan original patefon, magnitofon va disk pleyerdan qo‘yib berilarkan). Bu yerda 20 tacha ijodkor doimiy ishlaydi.
Radio muharriri bilan suhbatda u qiziq voqeani so‘zlab berdi: "Bilasiz, internet, yangi axborot texnologiyalari chiqib, ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, ulardagi reklama bozori sindi. Bu buhron bizga ham ta’sir qildi. Besh yil oldin deyarli bankrot darajasiga yetdik. Stansiya faoliyatini davom ettirish uchun hech qanday resurs qolmagandi. Bir kun xodimlar bilan maslahat qilib, radioni yopishga va bu haqda tinglovchilarimizga ma’lum qilishga qaror qildik.
Ertangi efirda tinglovchilarga murojaat qildik: "Hurmatli vatandosh tinglovchilar. Sizning radiongiz 80 yildan beri xonadoningiz a’zosiga aylandi. Yaxshi-yomon kunlarda siz bilan birga bo‘ldi. Bugun iqtisodiy sabablar tufayli sizni tark etishga majbur bo‘lmoqdamiz. 1 oydan so‘ng efirlarimiz to‘lqindan uziladi. Siz bilan birga bo‘lganimizdan faxr tuyamiz!"
Ushbu murojaat shahrimiz va bizni atrofda eshitadigan 10000 aholiga qattiq ta’sir ko‘rsatdi. Shahar ahli kampaniya uyushtirib, radioni saqlab qolish uchun pul yig‘a boshladi va radio nomiga fond ochildi. Shu darajada ko‘p pul yig‘ildiki, biz radio binosini yangidan qurdik, uskunalarni zamonaviylashtirdik. Fonddagi mablag‘ yana besh yil faoliyatimizga yetadi. Unga pul tushumi hali ham to‘xtagani yo‘q. Bizni o‘z oila a’zosi deb bilan hamshaharlardan minnatdormiz!"
Men o‘shanda Tinch ummoni yaqinidagi ushbu kichkina shahar aholisining hamjihatligi, daxldorlik hissiga tan bergandim.
 
Bugun o‘zbekning eng tanti noshiri Sanjar Nazarning "Jajji akademik" jurnali yopilayotgani haqidagi xabarini o‘qib, shular xayolimdan o‘tdi. Men "kelinglar, biz ham fond ochaylik, "Jajji akademik"ni saqlab qolaylik" deb aytolmayman, afsus. Jurnal jon saqlashiga yetgulik mablag‘ yig‘ilishiga, loaqal davlat yoki katta metsenatlar biron bir yordam berishiga, afsuski, ishonish qiyin. Zero, bu haqda Sanjar aka avval ham ogohlantirgan edi. Aka 7 yil davomida katta ish qildi. Ma’rifat uchun o‘z mablag‘ini tikdi-tikdi, umid qildi. Natija sen kutganday bo‘lmasa, oqibat shunday bo‘lishi tabiiy.
 
"Jajji akademik" o‘zbek bolalar dunyosida zamonaviy yangi sahifa ochdi. Millat bolalarining chin kamoloti uchun xizmat qildi.
Millat yana bir niholidan ayrildi...
O‘rnini xayrlisi bilan to‘ldirsin!

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан