Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Millatchilik tufayli O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilgan ikki rossiyalik qamaldi
15.03.2021 23:01,  
362

Sankt-Peterburgning Krasnogvardeyskiy tuman sudi millatchilik tufayli O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilgan ikki kishini qamoq jazosiga hukm qildi.

Rossiya Federatsiyasi fuqarolari hisoblangan V.Smolikov va R.Kulev 2019 yil sentyabrda Sredneoxtinskiy prospektidagi uylardan biri yonida O‘zbekiston fuqarosiga aerozol balloni va pichoq bilan hujum qilishi oqibatida u og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan edi.

«Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish» moddasi bo‘yicha ayblangan V.Smolikov 5 yilga, R.Kulev esa 5 yilu 2 oyga qamaldi. Ular jazoni qat’iy rejimdagi koloniyada o‘taydi.

Interfaks nashrining xabariga ko‘ra , jinoyat sodir etilgan paytda Kulev 24 yoshda va Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining oltinchi kursida tahsil olgan. Smolikov esa 18 yoshda bo‘lib, hech qayerda o‘qimagan va ishlamagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан