Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Milliy gvardiyaga qabul tartibi e’lon qilindi
13.05.2021 09:26,  
444

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga harbiy xizmatga (xizmatga) qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga muvofiq, nomzodlarni harbiy xizmatga (xizmatga) qabul qilish uchun tanlov tadbirlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

a) nomzodni dastlabki o‘rganish (hujjatlarni yig‘ish va o‘rganish, jismoniy tayyorgarlik sinovi);

b) yakka tartibdagi suhbat;

v) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

g) psixologik test (nomzodning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash);

d) maxsus tekshiruv;

ye) tibbiy ko‘rik.

Qayd etilishicha, erkak nomzodlar – 178 santimetr va ayol nomzodlar – 170 santimetrdan past bo‘lmasligi kerak.

Nomzodlar o‘rganish komissiyasi kotibiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

•    anketa-ma’lumotnoma;

•    o‘rta yoki o‘rta maxsus (kasb-hunar) yoxud oliy ma’lumotni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (asli ko‘rsatilgan holda);

•    asli ko‘rsatilgan holda harbiy guvohnoma nusxasi (erkak nomzodlar uchun).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан