Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mingbuloqda ikkita binoning tomi shamolda uchib ketdi. Ikkala bino ham oxirgi 2 yilda qurilgan
22.01.2021 17:08,  
214

Farg‘ona vodiysida 22 yanvar kuni tong soat 5:00larda kuchli shamol boshlangan. Namangan viloyati Mingbuloq tumani Jomashuy shaharchasidagi tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda ko‘p qavatli uylardan birining tomi zarar ko‘rgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limining binosi 2019 yilda qurib bitkazilgan.

Ikki qavatli, ko‘p kvartirali uylarning tom qismi ham 2019 yilda, «Obod markaz» dasturi asosida o‘rnatilgan.

«Holat yuzasidan tezkor shtab tuzilib, chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda», – deyiladi Mingbuloq tumani hokimligi axborotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан