Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moddiy madaniy meros ob’yektlariga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda
31.01.2022 16:41,  
34

Joriy yilning 31 yanvar kuni Oliy Majlis Senati yigirma uchinchi yalpi majlisi oldidan Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator masalalar muhokama etildi.

Majlisda Hukumat a’zolari, vazirlik va idora mutasaddilari, ekspertlar, Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Dastlab Senat yalpi majlisi kun tartibi doirasida muhokama qilinadigan masalalarning mazmun-mohiyati qisqacha tushuntirildi. Shundan so‘ng “Moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Muhokama jarayonida senatorlar ushbu Qonunni qabul qilishga bo‘lgan ehtiyoj, davlat va jamiyatga qanday foyda berishi kabi jihatlarga e’tibor qaratdilar.

Hujjat sohadagi mavjud muammolarning qonuniy yechimini belgilash maqsadida Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan. Unda moddiy madaniy meros ob’yektlarini nobud qilganlik, buzganlik yoki ularga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, bunday toifadagi ob’yektlarga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganlikni ifodalovchi qilmishlarni og‘ir jinoyatlar toifasiga o‘tkazish, dastlabki tergov o‘tkazishni prokuratura organlariga yuklash, Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining ijro etish majburiy bo‘lgan ko‘rsatma va taqdimnomalarini belgilangan muddatda to‘liq bajarmaganlik uchun javobgarlikni belgilash nazarda tutilgan.

Shuningdek, Qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Xususan, moddiy madaniy meros ob’yektlariga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

Senatorlar ushbu Qonunning ma’qullanishi mamlakatimizdagi moddiy madaniy meros ob’yektlarini, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan ob’yektlar va hududlarni muhofaza qilishda, ularning noyobligini saqlab qolishda, kelajak avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Majlisda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining ijrosi yuzasidan Hukumat vakillarining axboroti eshitildi.

Davlat dasturining yoshlar bandligini ta’minlash va ularni kasb-hunarga o‘qitish qismi bo‘yicha fikr almashildi, Qo‘mitaning bu borada Navoiy viloyatida olib borgan o‘rganish natijalari haqida ma’lumot berildi.

Qo‘mita raisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2020-2021 yillardagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

Muhokamalar so‘ngida Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан