Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moderna vaksina bilan emlangan bemorda salbiy holat aniqlandi.
26.12.2020 13:31,  
527

AQShning Massachusets shtati Boston shahrida koronavirusga qarshi emlangan shifokorda o‘tkir allergik reaksiya kuzatilgan. Shifokor Moderna kompaniyasi vaksinasi bilan emlangan. Bu haqda "New York Times" xabar bergan. 

Qayd etilishicha, shifokor 24 dekabr kuni emlangan. Vaksina yuborilgandan bir necha daqiqa o‘tib, unda o‘tkir allergik reaksiya kuzatilgan va unga allergiyaga qarshi dori berilgan. 

Bemor shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yuborilgan, u yerda tekshiruvdan o‘tgan va biroz vaqt o‘tgach unga ruxsat berilgan.

Ta’kidlanishicha, u hozirda o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Moderna kompaniyasi voqeani tekshirish niyatida ekanini ma’lum qilgan, ammo holatga izoh bermagan. 

Avvalroq, Moderna kompaniyasi vaksinasi samaradorligi 94,1 foizni tashkil qilgan. Kasallikning og‘ir shakliga qarshi 100 foiz samara ko‘rsatgan. Preparatni sinovdan o‘tkazish paytida platsebo guruhiga kirgan bir kishi vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан