Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moldova YeOII tadbirlarining bir qismini o‘tkazishga tayyor - Igor Dodon
19.05.2020 15:44,  
208

Moldova prezidenti Igor Dodon seshanba kuni Kishinyov YeOII tadbirlarining bir qismini o‘tkazishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Moldova 2018 yil may oyidan beri YeOII kuzatuvchisi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

"Texnik jihatdan biz Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi va maslahat komissiyalarini Kishinyovda qabul qilishga tayyormiz. Shuningdek, ishbilarmonlik uchrashuvlari Yevrosiyo forumlarini ham o‘tkaza olamiz. Bizningcha, bu YeOIIni Moldovada ommalashtirishga yordam beradi, mamlakat fuqarolari va mahalliy biznesni jarayonlar to‘g‘risida yaxshiroq xabardor qiladi", - deydi janob Dodon videomuloqot shaklida o‘tayotgan YeOII uchrashuvida.

2015 yil 1 yanvarda tashkil qilingan YeOIIga Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya mamlakatlari a’zo. 2020 yildan ittifoq organlariga raislik qilish Belarusga o‘tgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан