Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Morgenshtrenning yurtimizga tashrifi qanchaga tushdi.
26.12.2020 09:26,  
1952

Rossiyalik reper Morgenshtern o‘ziga tegishli «Mercedes» avtomobilini O‘zbekistonga olib kelib, buxorolik yigitga sovg‘a qilish uchun qancha pul sarflaganini aytdi. U bu haqda o‘zining YouTube-kanaliga joylashtirgan videosida ma’lum qildi.

Morgenshternning so‘zlariga ko‘ra, u bojxona to‘lovlaridan tashqari avtomobilni samolyotda olib kelish uchun qariyb 56 mln so‘m sarflagan.

Bundan tashqari, artist avtomobilning Rossiyada berilgan davlat raqamini O‘zbekiston davlat raqamiga almashtirish uchun ham pul to‘lagan.

Morgenshternning ta’kidlashicha, qator qoidalar bois avtomobilni O‘zbekistonga olib kirish qiyin bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik taniqli reper Alisher Valeyev – Morgenshtern Instagram’da Give-away tanlovini e’lon qilgan, tanlovga qo‘yilgan superyutuq – «Mercedes-Benz E 200» avtomobili buxorolik Azim Abdullayevga nasib qilgandi.

Avvalroq Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatidan olgan ma’lumotga ko‘ra, Morgenshtern «Mercedes-Benz E 200»ni O‘zbekistonga olib kirish uchun jami 340 mln so‘m bojxona to‘lovlarini to‘lagani ma’lum bo‘lgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан