Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskva markazida o‘zbekistonlik ishchilar janjal ko‘tarishdi (video)
25.11.2019 13:59,  
3677

Moskva politsiyasi Yefremova ko‘chasida 5 nafar Qirg‘iziston va 10 nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Ular ommaviy janjalda ishtirok etgani uchun ayblanmoqda.

REN TV kanalining xabar qilishicha, ishchilar o‘rtasida futbol musobaqasi paytida kelishmovchilik yuz bergan. Ishchilardan biri "qo‘pol" o‘ynagani uchun janjal kelib chiqqan. Natijada ikkala tomon kurak va lomlarni olib, bir-birini kaltaklashga tushgan.

Mahalliy aholi vakillari janjal haqida politsiyaga xabar bergan. Janjal oqibatida jarohatlanganlar yo‘qligi ta’kidlanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан