Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskvada migrantlar ustidan tekshiruv boshlanmoqda - sabablar
8.08.2021 18:03,  
390

Moskva va Moskva viloyatida migrantlarga qarshi muddatsiz tekshiruvlar start olmoqda. Nazorat Rossiya ichki ishlar vazirligi va Rosgvardiya xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Jumladan, 14 avgustdan Rossiya poytaxti va Podmoskoveda "Taksichi" reydi boshlanmoqda. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Moskva taksi xizmatida ishlovchi mehnat migrantlarini tekshiradilar. Haydovchilar yo‘lovchilarni KIS "ART" tizimi nazorati ostida tashiydilar.

Taksichilarni raqamli identifikatsiya qilish oldidan YXXB xodimlari kuchaytirilgan tekshiruvni amalga oshirishi aytilmoqda.

Shuningdek, reyd davomida "Aqlli shahar" texnologiyasidan foydalaniladi.
Huquqni muhofaza qilish organlari shu tarzda "ART" tizimiga ulanmagan va hisobda turmaydigan taksichilarni aniqlash va ularga nisbatan chora qo‘llashni rejalashtirgan.
Ikkinchi - "Muhojir" deb nomlangan tekshiruv Rossiyada chet el fuqarolari eng ko‘p yashaydigan hududlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bu reydlar migrantlar o‘rtasida tez-tez ro‘y berayotgan ommaviy mushtlashuvlar sabab bo‘lgan. RF Ichki ishlar vazirligining yaqinda taqdim etgan hisobotiga ko‘ra, 2021 yil boshidan chet el fuqarolari orasida jinoyatchilik darajasi 5%ga oshgan. Shu bilan bir qatorda qonunbuzarlik faolligi oshishda davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан