Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskvada qat’iy karantin e’lon qilindi
23.10.2021 08:20,  
674

Rossiyada 28 oktyabrdan 7 noyabrgacha dam olish ham e’lon qilingan. Koronavirus holati, ayniqsa, poytaxt Moskvada yomonlashgani sabab ishlanmaydigan haftada Moskvada karantin choralari kuchaytiriladi.

Shu kunlari faqat zaruriy mahsulotlar: oziq-ovqat, dori-darmon sotadigan do‘konlar ishlaydi. Ovqatlanish shoxobchalari yetkazib berish va olib ketish xizmatini ko‘rsatadi.

Maktab va bog‘chalar yopiq bo‘ladi. OTMlar masofaviy ta’limga o‘tadi.

60 yoshdan oshgan vaksina olmagan moskvaliklar uchun 4 oylik majburiy izolyasiya talabi qo‘yilgan. Ularning jamoat transportidan bepul foydalanishi ham cheklanadi.

Rossiyada vaksinatsiya sust kechmoqda. 15 oktyabr holatiga ko‘ra, 144 million aholining faqat 48 millioni vaksinaning to‘liq dozasini olib bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан