Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar temir yo‘li loyihasi “asr hodisasi” bo‘ldi – Senat Raisi
5.02.2021 13:42,  
241

Markaziy Osiyo davlatlari xalqaro dengiz portlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi bois, xalqaro tashuvlar va tranzit xarajatlari dengiz yo‘liga erkin chiqa oladigan mamlakatlarga qaraganda 2-3 baravar yuqori.

Mazkur loyiha Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarining barqaror rivojlanishini ta’minlashda strategik ahamiyatga ega bo‘lib, o‘zaro hamda global savdo-iqtisodiy aloqalarning yangi davrini boshlab beradi.

Oliy Majlis Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida parlament yuqori palatasi Raisi Tanzila Narbayeva mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.

–  Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ilgari surilgan va butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi ko‘p millatli xalqlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar temir yo‘li loyihasi “asr hodisasi” bo‘ldi, desak mubolag‘a emas, – dedi Senat Raisi T.Narbayeva. - Kuni kecha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston uch tomonlama ishchi guruhning birinchi yig‘ilishida ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. O‘zbekistonning mazkur loyihani ilgari surish bo‘yicha qat’iy sa’y-harakatlari xalqaro hamjamiyat tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан