Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Muborakda ispaniyalik murrabiy ish boshlamoqda
19.12.2020 11:28,  
194

“Mash’al” ispaniyalik Serxio Marinangeli bilan kelishuvga erishdi. U Dilyaver Vaniyev boshchiligidagi murabbiylar shtabida ish boshlaydi. Serxio jamoada maslahatchi murabbiy lavozimida faoliyat olib boradi.

Marinangeli bunga qadar pro-ligada “Oq-tepa” jamoasida ishlab kelayotgandi. 

Ma’lumot o‘rnida Ispaniyalik  mutaxassis  Serxio Mariangeli 2015-2017 yillarda Ekvatorial Gvineya terma jamoasida bosh murabbiy Esteban Bekkerga assistentlik qilgan hamda 2015-yilgi Afrika Millatlar kubogida yarim final bosqichigacha olib borib qit’aning kuchli to‘rt jamoasi qatoridan joy olishida katta hissa qo‘shgan.

Mariangeli faoliyati davomida murabbiy sifatida 2014-2015-yillarda Ispaniya chempionatining birinchi ligasi vakili "Eskuyela Futbol Aluche" jamoasida bosh murabbiy, 2016-2017-yillarda Madrid yoshlar jamoasi bo‘lmish "Yunion Deportiva Tres Santos" klubida, 2017-yildan bugungi kungacha esa Madrid ligasining "Iglesias La Vid" klubida faoliyat yuritib kelgan. 2019-yilda UEFA Pro litsenziyasini qo‘lga kiritgan. "Real Madrid", "Atletiko Madrid" klublarida malaka oshirgan shuningdek APL ishtirokchisi "Lids" klubi bosh murabbiyi Marselo Belsa qo‘l ostida amaliyot o‘tagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан