Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mudofaa vazirligiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
16.06.2020 11:13,  
305

Polkovnik Narbayev Alisher Tuxtayevich O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar polkovnik Alisher Narbayev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi artilleriya boshqarmasi boshlig‘i – artilleriya qo‘mondoni bo‘lgan.

Alisher Narbayev 1979 yil 1 iyulda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida tug‘ilgan. 2000 yil Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtini, 2009 yil O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasini, 2018 yilda Mixaylovsk artilleriya akademiyasining (Rossiya Federatsiyasi) malaka oshirish kursini bitirgan.

Polkovnik Bazarbayev Zairdjan Gulimmatovich O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining Moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ushbu tayinlovga qadar polkovnik Zairdjan Bazarbayev O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moddiy-texnik ta’minot bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Zairdjan Bazarbayev 1974 yil 19 sentyabrda Xorazm viloyati, Gurlan tumanida tug‘ilgan. 1995 yilda Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtini, 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasini tamomlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан