Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Muzeylar to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimchalar kiritilmoqda
27.11.2021 13:01,  
33

Tegishli hujjat prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan imzolandi. Unga ko‘ra:

➖ muzeylarga ularni tashkil etish maqsadlariga mos bo‘lgan faoliyat turlarini o‘z ta’sis hujjatlariga muvofiq amalga oshirishiga ruxsat berilmoqda. Bunda, muzeylar muzey ashyolarining but saqlanishini ta’minlaydi;

➖ davlat muzeylariga pulli xizmatlar ko‘rsatishdan, xayriyalardan va boshqa manbalardan kelib tushadigan mablag‘lar kelgusi yil uchun byudjetdan moliyalashtirish hajmini belgilashda hisobga olinmasligi va ushbu mablag‘lar hisobiga byudjetdan moliyalashtirish miqdori kamaytirilmasligi belgilanmoqda.

Shuningdek, bunda ko‘rsatilgan mablag‘lardan davlat muzeylarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.

Ta’kidlash joiz, amaldagi “Muzeylar to‘g‘risida”gi Qonunda (2008 yil) muzeylar notijorat madaniyat muassasasi ekanligi belgilangan. Bu o‘z navbatida, muzeylarning pulli xizmatlar ko‘rsatishi va boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirishiga ta’sir ko‘rsatayotgan edi.

Ma’lumot uchun, hozirda 124 ta muzey faoliyat olib bormoqda, shundan 116 tasi davlat va 8 tasi nodavlat muzey hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан