Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namangan, Andijon hamda Farg‘ona viloyati ayrim hududlarida bulduruq hodisasi kuzatilmoqda
30.12.2021 13:07,  
198

"Bulduruq, bu yangi atama emas. Xalqimizda oldindan ’’bir bulduruq, uch qorga tatiydi’’ degan naql yuradi, deydi Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar, ma’ruzalar kanali muallifi, doktorant E. Abdulahatov.

Bu hodisa kuz-qish mavsumlarida sovuq oqimning chekinishidan so‘ng, antitsiklon pereferiyasi davrida yuzaga keladi.

Antitsiklon pereferiyasida havoda nisbiy namlikning o‘ta yuqoriligi(o‘ta qalin tuman), sezilar-sezilmas hududga xos shamollar hamda havo haroratining -5 darajadan past sovuq bo‘lgan paytda kuzatiladi.

Bu paytda ko‘rinuvchanlik keskin cheklanib, havoda suv bug‘lari kristalizatsiyalashadi.

Fizikada bu, sublimatsiya hodisasi deyiladi. Suv bug‘ining bug‘ holatdan qattiq holatga o‘tish jarayoni.

Natijada, havoda kristalizatsiyalashgan zarrachalar yengil shamol kuchi ta’sirida daraxt shoxlari, simyog‘och va maysa ustiga yopishadi.

Bulduruqning vodiy viloyatlarida davom etishi 30-31 dekabr kunlari ham kuzatilishi mumkin. Antitsiklon pereferiyasi butunlay chekingandan so‘ng, hodisa kuzatilmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан